O‘zbekiston MTJga e’tiroz, chempionat darajasi xalqaro maydon orqali belgilanishi, "Paxtakor" yana kuchli futbolchilar olib kelishi haqida - Maksim Shatskix

  • 25 iyul, 2022, 13:53
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskixning tanishtirish marosimi o‘tkazildi. Unda OAV tomonidan berilgan savollarga ham javob qaytarildi. 

Shatskix: - Chempionat darajasi xalqaro maydon orqali belgilanadi. Lekin raqobat jiddiy kechmoqda. Chempionlik uchun kurashadigan jamoalar ko‘paygan. Demak, hammasi to‘g‘ri yo‘lda ketmoqda. Umuman olganda, har yili chempionatni kuzatib kelganman va hammasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilyapti deb o‘ylayman.

20220725083813_IMG_9533

Klubga sport direktori sifatida kelgandim. Bu men uchun yangi ish, yangi yo‘l edi. Keyinroq «Paxtakor» Voyneski bilan xayrlashdi va meni bosh murabbiylikka taklif etdi. Bolalikdan shu erda o‘ynaganim bois taklifga rozilik berdim. Chet elga aynan "Paxtakor"dan yo‘l olganman. Bunday taklif ustida o‘ylanib o‘tirilmaydi.

Iloji boricha har bir chiziqni kuchaytirish lozim, chunki raqobat bo‘lishi kerak. Raqobat bo‘lmasa, o‘sish bo‘lmaydi. Har bir pozitsiyada ikki nafardan futbolchi bo‘lishi lozim. Shunda rivojlanish bo‘ladi va futbolchilar ham borini berib o‘ynashadi. Agar raqobat bo‘lmasa, ruhiy jihatdan qiyinchilik yuzaga keladi. Yana xaridlar bo‘ladi, albatta. Bizda yuqori darajali futbolchilar bo‘lishi kerak.

«Paxtakor»dek klub har bir futbolchisi bilan har yili shartnomani 1 yilga uzaytiraverishi yarashmaydi. Biz kamida 2 yoki 3 yillik kelishuvni rasmiylashtirishni yo‘lga qo‘ymoqdamiz.

20220725084210_IMG_9569

Hozir boshqa avlod o‘ynamoqda. Men Lobanovskiy davrida o‘ynagan futbol bo‘lmaydi. Chunki futbol ham boshqa yo‘nalishda rivojlanib ketdi. Hozir oldingidek og‘ir yuklamalar berilmaydi. Ilgarigi avlod boshqa edi, ekologiya boshqacha edi. Hozirgi kunda futbolchi har qanday pozitsiyada o‘ynashga moslashishi kerak.

Haqiqiy muxlislar hamisha siz bilan birga bo‘lishadi. Hech bir murabbiy har doim g‘alaba qozonmaydi. Mag‘lubiyatsiz g‘alaba ham bo‘lmaydi. Muxlislarga kelsak, bundan cho‘chimayman. Rahbariyat va muxlislar faqat g‘alabani kutishlarini bilaman. Agar nazorat qo‘limdan chiqib ketsa, jamoada bo‘lmayman, bu aniq. Muxlislar shunchaki ishdan tashqari, 2 soatga kelib, jamoani qo‘llab-quvvatlab turishsa, hammasi zo‘r bo‘ladi. Ularga yoqadigan va zavq oladigan futbol ko‘rsatishga intilamiz.

Hamma narsaning o‘z vaqti bo‘ladi. Yangi futbolchilarni ochiqlay olmayman, to‘g‘ri tushuning. Lekin tez orada bilib olasiz.

Tan olish kerak, ekologik vaziyat va ovqatlanish tartibi o‘zgarib ketdi. Katta shaharlarda mashinalar ko‘p bo‘ladi. Bu ham katta muammo va hamma joyni muammosi. Shu va boshqa sabablar xohlaysizmi-yo‘qmi, albatta, ta’sir ko‘rsatadi. Futbol atrofidagi infratuzilma ham o‘zgargan. Hozir futbolchi mashg‘ulotga keladi, unga hamma narsa muhayyo etiladi, biz o‘ynagan davrda bunday emasdi. Biroq bunga sekin-asta moslashib boramiz. Bizda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan, jamoamiz juda ahil.

20220725083851_IMG_9543

Men «Paxtakor» bosh murabbiyiman. Terma jamoa haqida o‘ylayotganim yo‘q. Albatta, ular uchun qayg‘uraman. Menda hozir termaga nisbatan bitta kichik e’tiroz bor: bilasiz, «Paxtakor» terma asosini tashkil qiladi. Shunday ekan, FIFA kunlaridan tashqari boshqa paytda futbolchilarimizni bezovta qilmasliklarini xohlagan bo‘lardim.

 

"Paxtakor" klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!