O‘zbekiston MTJning "JCh-2026" saralashidagi asosiy raqibi - Eron yulduzi 2 oyga safdan chiqdi

  • 2 avgust, 2023, 15:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tasnimnews" xabariga ko‘ra, "Bayer" va Eron terma jamoasi hujumchisi Serdar Azmun jarohati sabab 6-8 haftani o‘tkazib yuboradi. Mavsum oldi yig‘inda 28 yoshli futbolchining chap oyog‘i paylari shikastlanib, muddatidan oldin yig‘inni tark etdi.

Tecno

Bu fakt futbolchining «Zenit»ga o‘tishi mumkin bo‘lgan transferiga ta’sir qiladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Eron jahon chempionati saralashida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan o‘rin olgan. Saralash bahslari noyabrda boshlanadi. Srechko Katanets jamoasining Eronga qarshi o‘yini 21 noyabr kuni Toshkentda o‘tishi belgilangan.

IMG_0721

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!