O‘zbekiston mundialda balki eng “mitti ishtirokchi” bilan o‘ynar...

  • 19 noyabr, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yili Shimoliy Amerik mamlakatlari – AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan  navbatdagi jahon chempionati hali boshlanmay turib, sensatsiyalarga boy bo‘lmoqda.

Tecno

Ilk bor 48 mamlakat terma jamoalari jalb qilinayotgan mundialda bir necha terma jamoalar o‘z tarixida ilk bor futbol olamining eng nufuzli musobaqasida qatnashadigan bo‘lyapti.

 Xususan, Osiyo qit’asidan O‘zbekiston va Iordaniya, Afrikadan Kabo-Verde ilk bor mundialga yo‘llanma oldi. Endi debyutantlar qatoriga KONKAKAF mintaqasining murakkab saralash turniridan muvaffaqiyatli o‘tgan Kyurasao milliy terma jamoasi ham qo‘shildi.

23-jahon chempionati mezbonlari – AQSh, Kanada va Meksikaning musobaqadagi joyi kafolatlangani bois FIFA rahariyati KONKAKAF mintaqasining qolgan mamlakatlariga uchta to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rin va qit’alararo pley-offda qatnashish uchun yana ikkita yo‘llanma ajratdi.

Kyurasao terma jamoasi jahon chempionatiga chiqish maqsadida 2024 yilning yanvarida mashhur murabbiy Gus Xiddink bilan hamkorlik o‘rnatdi va terma jamoaga “Ayaks” va “Nyukasl” klublaridagi o‘yinlari bilan tanilgan Vyurnon Anitani jalb qildi.

Kyurasao terma jamoasi mundialda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritish uchun uch bosqichli saralash turniridan o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Musobaqaga ikkinichi raunddan qo‘shilgan kyurasaoliklar o‘z guruhidagi to‘rtata uchrashuvda zafar quchib, birinchi o‘rinni egalladi.

Hal qiluvchi uchinchi bosqichda bu jamoa Yamayka, Trinidad va Tobago, Bermud orollari milliy terma jamoalari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keldi. Uy-safar tizimida o‘tkazilgan bu bosqichda jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olgan jamoa nomi oxirgi turda aniqlandi.

Unda uchta g‘alaba va ikkita durang bilan birinchi o‘rinda turgan Kyurasao futbolchilari bir ochko kam jamg‘argan Yamayka terma jamoasi mehmoni bo‘ldi.  O‘ta qiyin o‘tgan bu bahsda kyurasaoliklar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan durang natijani ushlab qoldi va tarixda ilk bor jahon chempionatiga o‘ynaydigan bo‘ldi.

 Kyurasao yo‘llanma olishi bilan jahon chempionati rekordchisiga aylandi.  Ya’ni, Kyurasao jahon chempionatlari tarixida bu musobaqada ishtirok etgan aholi eng kam mamlakat hisoblanadi. Orol mamlakatda bugungi kunda 156 ming kishi yashamoqda.

Bu “mitti mamlakat” Karib dengizi havzasida, Venesuela yaqinida joylashgan va 2010 yildan beri Niderlandiya qirolligi tarkibiga kiradi.

“Amerika – sehrli diyor” deyishganidek, kim bilsin, balki O‘zbekiston milliy terma jamoasi Shimoliy Amerika yashil maydonlarida o‘tkaziladigan jahon chempionatida aynan  eksklyuziv ishtirokchi Kyurasao futbolchilarigaro‘baro‘ kelar...

Kannavaro qizil olgan Husanovni jazolaydimi?

Shomurodov finaldan keyin nimalar dedi?

Husanovning ahvoli qanday? “Manchester Siti” o‘yinchilari reytingi e’lon qilindi

Shomurodovning transferi yanvarda hal bo‘ladi

O‘zbekistonning shov-shuvli g‘alabasiga qanday munosabat bo‘ldi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!