
O‘zbekiston Osiyo chempionati mezbonligini olish uchun OFKga ariza topshirdi
O‘zbekiston 2022 yilgi Ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati mezbonligi uchun Osiyo futbol konfederatsiyasiga ariza yubordi.
Aytish kerakki, ushbu musobaqa mezbonligi uchun shuningdek Hindiston va Xitoy Taypeyi mamlakatlari ham da’vogarlik qilishmoqda. Ammo, Hindiston 1980 yil ham ushbu musobaqani o‘zida qabul qilgan. Xitoy Taypeyi esa 1997-2001 yillarda ham Ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan. Shu boisdan bizning bu boradagi imkoniyatlarimiz nisbatan yuqoriroq baholanyapti.
OFK mezbon mamlakat nomini kelgusi yilning ikkinchi yarmida ma’lum qiladi.
Fikrlar