
O‘zbekiston terma jamoasi Gongkongga qarshi uchrashuvda qanday libosda harakat qilishi ma’lum
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertaga, 21 mart kuni JCh-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralash bosqichi doirasida Gongkong terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahsda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qiladi.
Uchrashuvni koreyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Kim Vo Sung, unga qanotlarda hamyurtlari Jang Jon Pil va Kang Dong Ho yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Kim Da Yong ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da “Mong Kok” stadionida start oladi.
Fikrlar