O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Urugvayga imkoniyatni boy berdi
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvidan o‘rin olgan Urugvay - O‘zbekiston jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Marselo Belsa boshqaruvidagi Urugvay terma jamoasi 2:1 hisobida Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoamizni mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvning 51-daqiqasida Fokundo Torres qarshi hujumdan foydalanib, hisobni ochdi. Oradan 9 daqiqa o‘tib Xuan Sanarbiya oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. 61-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Ruslanbek Jiyanov 82-daqiqada Urugvay darvozasini ishg‘ol qilgan holda, hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Gol urganimizdan so‘ng yigitlarimiz bir necha xavfli hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, hisobni tenglashtira olmadi.
- World - Xalqaro o'rtoqlik ucharuvlari
- Friendlies
O'zbekiston
- Ruslanbek Jiyanov 82'
Tugadi
1
:
2
13.10.2025 17:45
Urugvay
- Facundo Torres 51'
- Juan Manuel Sanabria 60'



Fikrlar