O‘zbekiston terma jamoasi Tojikiston va Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Bahodir Ahmedov murabbiyligidagi futzal terma jamoamiz bugundan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Murabbiylar shtabi mazkur yig‘inga 20 nafar futzalchini jalb etdi. Yig‘in davomida terma jamoamiz Qirg‘iziston hamda Tojikiston vakillari bilan o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Dastlab futzalchilarimiz 17 noyabr kuni Qirg‘iziston terma jamoasi bilan kuch sinashadi. 19 noyabr kuni esa futzal ixlosmandlari O‘zbekiston-Tojikiston qarama-qarshiligiga guvoh bo‘ladilar.
Mazkur uchrashuvlar AGMK sport majmuasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yig‘inga chaqiruv olgan futzalchilar ro‘yxati:
1. Umarov Rustam
2. Eliboev Ravshan
3. Anorov Javlon
4. To‘lqinov Elbek
5. Adilov Mashrab
6. Raxmatov Anas
7. Abduvaliev Avazbek
8. Xamroev Ilxom
9. Nishonov Xusniddin
10. Raxmatov Dilshod
11. Choriev Davron
12. Usmonov Akbar
13. Juraev Sunnat
14. Erkinov Xushnur
15. Jumaev Dilmurod
16. Elmuradov Abbos
17. Solixov Abdulla
18. Shavkatov Dilmurod
19. Ibragimov Davlat
20. Ropiev Ixtiyor.
Fikrlar