O‘zbekiston terma jamoasi yozda Bishkekda Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyidagi FIFA kunlarida qo‘shni Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda Qirg‘iziston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Dastan Konakbaev aytib o‘tdi.
“7 va 11 iyun kunlari biz 2ta o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirganmiz. Ularning ikkalasini ham o‘z maydonimizda o‘tkazmoqchimiz. Osiyo kubogidagi muvaffaqiyatli ishtirokdan so‘ng terma jamoa o‘z maydonida kuchli raqiblarga qarshi o‘ynashini xohladik. Biz 7 iyun kuni O‘zbekistonga qarshi o‘yin o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdik, 11 iyun kungi raqibimiz esa BAA yoki Eron bo‘ladi. Rejalarimiz shunday”, - deydi Konakbaev.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston terma jamoasi BAAda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida chiroyli o‘yinlar namoyish etgan va musobaqa kashfiyotlaridan biri bo‘lgan edi.



Fikrlar