O‘zbekiston U-20 terma jamoamiz Shimoliy Amerika vakili darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi

  • 25 aprel, 2023, 20:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘rtoqlik o‘yini doirasida O‘zbekiston va Dominikan U-20 terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda vakillarimiz yirik 3:0 hisobida g‘alabani tantana qildi. 

Hamyurtlarimiz safida gollarga Shahzod Rahmatullaev, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov va Abbos Fayzullaev mualliflik qildi. 

Eslatib o‘tamiz, yoshlarimiz 22 aprel kuni Braziliyaga yirik 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Endi Ravshan Haydarov shogirdlari 27 aprel sanasida Gibraltar termasiga qarshi saf tortadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!