
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi BAAni ishonchli hisobda mag‘lub etdi
Halqaro o‘rtoqlik o‘yini doirasida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi BAA U-23 termasiga qarshi bahs olib bordi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dastlabki gol Otabek Jo‘raqo‘ziev nomiga qayd etildi. Ikkinchi gol muallifi esa Sarvar Sharipov bo‘ldi. Mezbonlar gol urishga muvaffaq bo‘lmadi.
Eslatib o‘tamiz, BAA olimpiyachilari bilan ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini 12 yanvar sanasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Fikrlar