
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugun final yo‘llanmasi uchun Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi
Xitoyning Xanchjou shahridagi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
Futbol bo‘yicha bahslar o‘zining qizg‘in pallasiga kirgan. Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yarim finalda Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.
Ikkinchi yarim final bugun bo‘lib o‘tadi. Unda Gonkong Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar