
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining navbatdagi raqibi ma’lum
"Dubai Cup" xalqaro turnirida ishtirok etayotgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi navbatdagi o‘yinini vetnamlik tengqurlariga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 29 mart kuni Toshkent vaqti bilan 17:00da start oladi. Mazkur bahs "Al Avir" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz ushbu turnirdagi ilk o‘yinda Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy bergandi. Uchrashuv 2:0 hisobida saudiyaliklar g‘alabasi bilan yakunlangandi.
Ikkinchi bahsda hamyurtlarimiz mezbon BAA U-23 terma jamoasi bilan kuch sinashgan. Yakunda jamoalar 0:0 hisobidagi nursiz durangga imzo chekkandi.
Fikrlar