O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Koreya Respublikasi, Vetnam va Xitoy bilan o‘ynaydi
Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Xitoydagi xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Bahslar 12, 15 va 18 noyabr kunlari “Chengdu Sichuan” stadionida bo‘lib o‘tadi. Jamoamiz Osiyo kubogida Koreya Respublikasi bilan bir guruhdan joy olgani sababli, jamoalar o‘rtasidagi o‘yin mashg‘ulot uchrashuvi maqomida o‘tkaziladi.
12 noyabr
Koreya R — O‘zbekiston - mashg‘ulot uchrashuvi
15 noyabr
O‘zbekiston — Vetnam
18 noyabr
Xitoy — O‘zbekiston



Fikrlar