
O‘zbekistonga qarshi o‘ynagan futbolchini “Liverpul” chaqiryapti
“Fulxem” chap qanot himoyachisi Entoni Robinson faoliyatini kuchli klub – “Liverpul”da davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.
Mersisaydliklar amerikalik himoyachi yordami himoya chizig‘ini mustahkamlamoqchi. Qolarvesa, Entoni Robinson yaqin kelajakda Endro Robertson va Konstantinos Tsimikas o‘rnini egallashi kerak bo‘ladi.
“Liverpul” mutasaddilari 2019 yildan beri “Fulxem” sharafini himoya qilib kelayotgan Robinsonni yanvarda qo‘lga kiritish bo‘yicha ish boshladi.
Robinson AQSh terma jamoasi safida sentyabrda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etgan edi.
Bu himoyachining “Fulxem” bilan shartnomasi 2028 yilging yarimgacha tuzilgan. Transfermarkt portali Robinsonni 20 million evroga baholayapti.
Fikrlar