O‘zbekistonlik futbolchilar Tojikiston Kubogini qo‘lga kiritdilar

  • 9 dekabr, 2021, 18:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Tojikiston Kubogi finali o‘tkazildi. Unda “Istiqlol” hamda “Xo‘jand” jamoalari kuch sinashishdi.

O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda “Xo‘jand” klubi ikkita gol urdi. 108-daqiqada Hojiboy Ziyoev, 117-daqiqada esa Artyom Serdyuk tomonidan kiritilgan gollar evaziga “Xo‘jand” “Istiqlol”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

xo‘jand

Xo‘jandliklar safida uch nafar o‘zbekistonlik futbolchilar – Firdavs Abdusalimov, Olimjon Karimov va Samandar Ochilov to‘p surishyapti. Finalda legionerlarimiz maydonga tushishdi va “Xo‘jand”ning g‘alabasiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Eslatib o‘tamiz, “Xo‘jand” klubi 1997\1998, 2002, 2008 va 2017 yillarda ham Tojikiston Kubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!