O‘zbekistonlik sabmishenlar ustasi Qozog‘istonda jang qiladi

  • 07.12.2021 14:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

17 dekabr kuni Qozog‘istonning Atirau shahrida MFC promousheni tomonidan tashkil etilayotgan MMA kechasi bo‘lib o‘tadi. 

Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu oqshomda o‘zbekistonlik MMA vakili ham oktagonga ko‘tariladi. Ya’ni, hamyurtimiz Bahodir Tillaboev mezbonlar vakili Adilet Koshkarovga qarshi jang qiladi. 

Qozog‘istonlik jangchi hozirga qadar beshta jang o‘tkazgan va g‘alabaga erishgan. Yurtdoshimizning natijasi esa 9-2 ko‘rinish olgan. G‘alabalarining 5 tasini sabmishen evaziga qo‘lga kiritgan. (Posterda natijalar borasida xatolik yuz bergan)

Mazkur jang o‘ta engil vazn (61 kg) toifasida o‘tkaziladi. Tillaboev so‘ngi jangini 27 oktyabr kuni ATFC 4 (Amir Temur Fighting Championship) turniri doirasida tojikistonlik Hasanbegi Baratzodaga qarshi o‘tkazib, 1-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongandi. 

Shu o‘rinda yurtdoshimizni oldida turgan muhim jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

baxo_4

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!