
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatida peshqadam
Serbiyada davom etayotgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari yorqin natijalarni qayd etmoqda, 8 tur natijalariga ko‘ra, vakillarimiz quyidagi o‘rinlarda bormoqdalar:
1-o‘rinda: Begmuratova Sarvinoz (7 ochko) Imomkuzieva Nilufar (6 ochko);
2-o‘rinda: Azamxo‘jaeva Mohinur (6 ochko) Obidov Biloliddin (6 ochko)
Elmirzaev Xondamir (6 ochko);
3-o‘rinda: Nematillaxonov Nurmuxammad (6.5 ochko)
Asadova Madinabonu (6.5 ochko).
Turnirda ishtirok etayotgan vakillarimiz:
O‘g‘il bolalar:
— 17 yoshgacha Elmirzaev Xondamir, Rustamov Begzod;
— 15 yoshgacha Ashikmamutov Saidxon;
— 13 yoshgacha Obidov Biloliddin;
— 11 yoshgacha Jumanazarov Ibrohim;
— 9 yoshgacha Nematillaxonov Nurmuhammad;
— 7 yoshgacha Hasanov Abdulaziz;
Qiz bolalar:
— 15 yoshgacha Imomkuzieva Nilufar;
— 13 yoshgacha Begmuratova Sarvinoz;
— 11 yoshgacha Norkulova Malika;
— 9 yoshgacha Asadova Madinabonu;
— 7 yoshgacha Azamxo‘jaeva Moxinur.
Turnir shveytsarcha tizim asosida 9 turdan iborat bo‘lib, har bir o‘yinchiga 90 daqiqa va har yurish uchun 30 soniyadan qo‘shimcha vaqt beriladi.
Fikrlar