
O‘zimni hech qachon Messi yoki Ronaldudan zo‘r hisoblamaganman
“Barselona” afsonalaridan biri Xavi Ernandes klub yutuqlariga munosib hissa qo‘shganiga qaramay, futbolchilarning eng nufuzli individual sovrini “Oltin to‘p”ni qo‘lga kirita olmagan.
Ayni paytda ishsiz yurgan mutaxassis bu borada o‘z fikrini bildirdi.
- Men hech qachon va har qanday vaziyatda ham o‘zimni Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan kuchli o‘yinchi, deb hisoblamaganman. Men o‘yinni tashkil qiladigan futbolchi bo‘lganman va bir o‘zim uchrashuvlar taqdirini hal qilish imkoniga ega bo‘lmadim.
Men “Oltin to‘p” so‘rovnomasida uch marotaba uchinchi o‘rinni egallaganimdan faxralanaman, - dedi Xavi Ernandes.
Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p” sovrinini Lionel Messi sakkiz marotaba qo‘lga kiritgan va bu borada yaqqol rekordchi hisoblanadi. Krishtianu Ronaldu nufuzli sovringa besh bor ega chiqqan.
Fikrlar