
PAOK TsSKA futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin!
Moskvaning TsSKA va Rossiya milliy terma jamoasi futbolchisi Fyodor Chalov tez orada legionerga aylanish arafasida.
Rus nashrlarining xabar berishicha, futbolchi yaqin kunlarda Gretsiya chempionatiga ko‘chib o‘tish arafasida turibdi. Yunon o‘lkasi chempionatining sovrindor va tarixiy klublaridan biri PAOK o‘yinchi bilan deyarli kelishuvga erishgan.
Shartnoma 2027 yilga qadar 3 yil muddatga imzolanishi kutilmoqda. PAOK Chalov bilan yiliga 1,3 million evro maosh va 300 ming evrogacha bonuslarni ko‘zda tutadigan bitim shartlarini kelishib olgan. Grek klubi uni "armiyachilar"dan 3 million evroga sotib olish variantini faollashtiradi, shundan so‘ng Chalov yangi klubga o‘tishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Qayd etilishicha, futbolchining PAOKning yangi futbolchisi sifatida rasmiy taqdimoti 24 iyul kuni bo‘lib o‘tishi reja qilinmoqda.
Fikrlar