
Para engil atletikachilarimiz xalqaro Gran-Prini 17 ta medal bilan yakunlashdi
Italiyaning Jesolo shahri mezbonlik qilgan para engil atletika bo‘yicha “Italian Open 2022” xalqaro Gran-Pri turniri o‘z yakuniga etdi. Musobaqaning vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Izzat Turg‘unov hamda Asila Mirzayorova o‘zlarining asosiy yo‘nalishi hisoblangan uzunlikka sakrashdan tashqari birinchi marta yugurish bahslarida ham ishtirok etdi va ijobiy natijalar ko‘rsatdi.
Delegatsiyamiz “Italian Open 2022” xalqaro Gran-Prisini 17 ta medal bilan yakunladi. Shulardan 6 tasi oltin, 5 tasi kumush va 6 tasi bronza.
Oltin
Izzat Turg‘unov (2ta)
Mahliyo Akramova (1ta)
Doniyor Axmedov (1ta)
Yoqutxon Xolbekova (1ta)
Shaxboz Rajabboev (1ta)
Kumush
Doniyor Axmedov (2ta)
Hayrullo Madaminov (1ta)
Jasur Xo‘jaev (1ta)
Asila Mirzayorova (1ta)
Bronza
Jamoliddin Akobirov (2ta)
Asila Mirzayorova (2ta)
Yoqutxon Xolbekova (1ta)
Musulmonqul Axmedov (1ta)
Fikrlar