Paragvay darvozaboni Fransiyadan mag‘lubiyat sababini aytdi
Paragvay terma jamoasi darvozaboni Orlando Xil jahon chempionatining 1/8 finalida Fransiyaga qarshi bellashuvdan keyin jamoa mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi. Filadelfiya shahrida (AQSh) o‘tgan o‘yinda fransuzlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
- Biz fransuzlar tarkibida o‘yin taqdirini yakkama-yakka harakatlar bilan hal qila oladigan tezkor futbolchilar borligini yaxshi bilardik. O‘yindagi barcha narsa mayda detallariga bog‘liq bo‘ldi, eng asosiy burilish esa biz tomonga belgilangan penalti bo‘ldi. Turnirni boshimiz baland holda tark etyapmiz. Futbolchilar maydonda bor kuchini berdi, — deya Xilning so‘zlarini FIFAning rasmiy sayti keltiradi.
Uchrashuvdagi yagona golni hujumchi Kilian Mbappe penaltini aniq amalga oshirib urdi. Orlando Xil o‘yinning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Fransiya terma jamoasi mundial chorak finaliga yo‘l oldi va u yerda Marokko jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar