"Parij-2024". O‘zbekiston so‘nggi turda Dominikan bilan murosa ko‘chasini tanladi

  • 30 iyul, 2024, 19:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Parij-2024" Olimpidasi futbol bo‘yicha guruh bosqich 3-turidagi Domnikan - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

51-daqiqada Rafael Nunez penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Timur Kapadze Shomurodov, Fayzullaev va Jalollidinovni maydonga tushirdi va bu o‘z samarasini ko‘rsatdi. Abbosning to‘p uzatishidan so‘ng Eldor ohista to‘pni Odilovga o‘tkazib yubordi. Alisher esa sovuqqonlik bilan zarba yo‘llab hisobni tenglashtirdi. Bellashuvda boshqa gol urilmadi. 

Shu tariqa, bahs durang bilan yakunlandi. Guruhimizda Ispaniya va Misr keyingi bosqichga yo‘l oldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!