
"Paxtakor" - "Bunyodkor" o‘yini chiptalari sotuvidan tushgan mablag‘ Nikolay Shirshovning oilasiga o‘tkazib beriladi
Superliga 13-turida "Paxtakor" Toshkent derbisida "Bunyodkor" bilan maydonga tushadi. Uchrashuv 29 iyun kuni "Paxtakor" stadionida soat 20:00da boshlanadi.
Mazkur bahsda muxlislar xarid qilgan chiptalardan tushgan mablag‘ to‘lig‘icha jamoamizning afsonaviy futbolchilaridan biri Nikolay Shirshovning oilasiga o‘tkazib beriladi. Bu haqda "sherlar" matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
"Chorshanba kuni "Paxtakor" stadioniga tashrif buyuring va o‘zbek futboli afsonalaridan birining oilasini qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissangizni qo‘shing", - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Ma’lumot uchun, Nikolay Shirshov o‘tgan 2021 yil so‘nggida vafot etgan edi.
Agar Siz olisda bo‘lsangiz va aktsiyada ishtirok etishni niyat qilsangiz, Iticket tarmog‘idan chipta harid qiling.
Fikrlar