"Paxtakor" - "Navbahor" o‘yini uchun chiptalar narxi e’lon qilindi. Namanganlik muxlislarga nechta sektor ajratildi?

  • 15 mart, 2023, 12:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" futbol klubi Superliga 3-tur o‘yiniga chiptalar sotuvi boshlanganini ma’lum qiladi.

Tecno

Qiziqarli bellashuvni "Paxtakor" stadionidan kuzatishni istagan muxlislar chiptalarni "Paxtakor" stadioni kassalari, shuningdek, Iticket.uz saytidan onlayn tarzda xarid qilishlari mumkin.

Chiptalar onlayn sotib olinganda ularni qog‘ozga chop etish shart emas, chiptaning elektron variantini stadionga kirish eshigida elektron qurilmada (telefon, planshet) ko‘rsatish kifoya.

O‘yin 17 mart kuni soat 19:30 da boshlanadi. Chipta narxlari oddiy sektorlar uchun 20 va 30 ming so‘m, CIP sektorlar uchun 75 ming so‘m qilib belgilangan.

"Navbahor" ishqibozlariga chiptalarni mehmonlar muxlislari uchun mo‘ljallangan 20-23 sektorlarga xarid qilish tavsiya etiladi.

“Paxtakor” matbuot xizmati.

Hamma kutayotgan turning markaziy o‘yini oldidan statistik ma’lumotlar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
15/03/2023 15:49
Хакамлар ЕВРОПА футболини томоша килинглар булар-бумасга пенальти беравемасдан хайф санларга