
"Paxtakor" chempion bo‘ladimi yoki "Bunyodkor" "sherlar"ni to‘xtata oladimi? (Prevyu)
Superligada chempionlik masalasini hal etadigan oxirgi tur o‘yinida "sherlar" Toshkent derbisida "Bunyodkor" bilan to‘qnash keladi.
“Bunyodkor” bilan kechadigan derbilar hamisha keskin to‘qnashuvlarga boy tarzda o‘tadi. Hozirgacha o‘tkazilgan 33 bellashuvning 12 tasida "sherlar" g‘olib bo‘lgan. 9 ta bahsda durang va 12 o‘yinda "qaldirg‘ochlar" g‘alabasi kuzatilgan.
"Paxtakor" 43 to‘p kiritib, 39 gol o‘tkazib yuborgan. Jamoalar o‘rtasidagi eng yirik natija 2020 yilning birinchi davrasida kuzatilib, unda "Paxtakor" 5:0 hisobida yutuqqa erishgan.
"Bunyodkor" maydonida kechgan bellashuvlarda 4 g‘alaba, 3 durang va 9 mag‘lubiyat qayd etilgan. "Bunyodkor" 29 to‘p kiritgan, "Paxtakor" esa 19 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Navbatdagi derbini "sherlar"dan Muhammadali O‘rinboev, "qaldirg‘ochlar"dan Farruh Ikromov diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuboradi.
"Bunyodkor" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 12 noyabr kuni soat 17:00da "Jar" stadionida boshlanadi.
Manba: "Paxtakor" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar