"Paxtakor" Dohaga jo‘nab ketdi. "Sherlar" 22 aprel kuni "Al Sadd" bilan o‘ynashadi

  • 20.04.2019 16:42
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" jamoasi Chempionlar Ligasi 4-turida Qatarda "Al Sadd" mehmoni bo‘ladi.

Uchrashuv "Jassim Bin Hamad" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi. Mazkur o‘yinning ahamiyati juda yuqori. "Sherlar" g‘alaba qozonishsa, nimchorak finalga chiqish uchun juda katta qadamni tashlagan bo‘lishadi. Durang natija ham imkoniyatlarini ancha yaxshi holatda saqlab qoladi. Shu sababli "Paxtakor" mazkur bahsda ijobiy natijaga erishish maqsadida bor kuchini ishga soladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentda kechgan o‘yin juda qiziqarli va gollarga boy tarzda o‘tdi. Doxada ham yana bir bor shiddatli, keskin, hujumkor va chiroyli futboldan bahramand bo‘lishimiz ehtimoli yuqori.

Bellashuvni mezbonlardan Pedro Korrea va Akram Afif sariq kartochkalar bilan bog‘liq diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradi. "Paxtakor"da esa bunday yo‘qotish mavjud emas.

"Sherlar" bugun 15:30da Toshkentdan Doxaga jo‘nab ketishdi. Ertaga o‘yin oldi tadbirlari tashkil etiladi va jamoa rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!