"Paxtakor" "Humo"ning VXLda ishtirok etmasligiga o‘z munosabatini bildirdi

  • 18 aprel, 2020, 14:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha “Humo” xokkey klubi kelasi mavsum Oliy xokkey ligasida (VXL) ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Bu esa ko‘plab xokkey muxlislarini biroz xafa qildi.

Tecno

“Paxtakor” futbol klubi ham “Humo”ning ushbu bayonotidan so‘ng xokkeychilarni qo‘llab-quvvatlashini va ularning qaytishiga umid qilishini bildirdi.

“Humo” xokkey klubi qisqa vaqt ichida katta hajmda ish bajarib, O‘zbekistonga 30 yildan keyin xokkey nafasini olib kirdi.

Klub dastlab asosiy maqsad va vazifalarni aniqlab oldi, marketing faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil qildi, tribunalarga ko‘plab muxlislarni jalb qildi. Klubimiz va "Humo" o‘rtasidagi hamkorlikni yuqori baholaymiz. Vakillarimiz shaybani o‘yinga kiritib berish marosimida qatnashishdi, jamoamiz vakillari o‘yinlarga tashrif buyurishdi, xokkey afsonalari "Paxtakor" stadionida mehmon bo‘lishdi.

Qadrli hamkasblar va do‘stlar! "Paxtakor" futbol klubi uzoq bo‘lmagan tanaffusdan keyin sizning qaytishingizga umid bildiradi va yangi kuch, reja va loyihalar bilan O‘zbekiston aholisi sevishga ulgurgan xokkey olamiga qaytasiz”, - deb yozadi “Paxtakor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Яшин Ш.И
19/04/2020 09:16
"ХУМО" хоккей жамоамиз киска муддатда машхур "ПАХТАКОР" футбол жамоамизни мухлислик буйича ортда колдириргани хам бор гап.
Бунга "Пахтакор" жамоасини ва мухлисларини заррача хам айби йук.
Хамма АЙБ УФА ва ПФЛ хамда адолатсиз чемпионат ва адолатсиз уйиштирилган QUR'A ма'росимларидадир.
Мухлислар куз унгида содир этилаётган ташкаридан куринмайдиган майда-чуйда, икир-чикир адолатсизликлар яна давом эттирилар экан, мухлиссиз футболда ЯНАДА КУПРОГ'ИНИ КУТИНГ !!!