
"Paxtakor" kubokdagi mag‘lubiyat uchun "Nasaf"dan revansh oldi
"Paxtakor" O‘zbekiston Superkubogi uchun bahsda "Nasaf" bilan kuch sinashdi. Mazkur o‘yinda "sherlar" 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
O‘yinning 61-daqiqasida Aziz Turg‘unboev qanotdan oshirib bergan to‘pni Dragan Cheran bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.
Shu tariqa, poytaxtliklar Superkubok g‘olibiga aylandi.
Fikrlar