
"Paxtakor" murabbiyi: "Buni hatto mening ayolim ham bilmaydi"
Bilasiz, ertaga O‘zbekiston Superkubogidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Ushbu o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" ustozi Slavche Voyneski ishtirok etdi.
– Oldinda bizni qiziqarli o‘yin kutib turibdi. Bu o‘yin 2 oylik mehnatimizning natijasini ko‘rsatib beradi.
Bunday o‘yinlar har bir murabbiy uchun qiyin. Final bitta bahsdan iborat bo‘ladi. Bu bizga bosim yuklamayapti. Nazorat o‘yinlari orqali o‘yinimizni yo‘lga qo‘yishga urindik.
To‘g‘ri ta’kidlab o‘tdingiz, himoya chizig‘ida o‘zgarishlar bo‘ldi. Tark etgan futbolchilar o‘rniga yangilarni olib keldik. Nazorat bellashuvlarida ular yaxshi harakat qilishdi. Umid qilamanki, ertangi o‘yinda ular yanada ishonchli harakat qiladi.
O‘zbek futboli va jamoa haqida ma’lumotlarim bor edi. Futbolchilar saviyasi ancha yuqori ekanidan yaxshi ma’noda hayratlandim. Milliy terma jamoaning yaqin kelajakda muvaffaqiyatga erishishini kutmoqdaman.
Yoshlarni tarkibga jalb qilishni asta-sekin amalga oshiriladigan jarayon deb bilaman. Bunda shoshish kerak emas. Tarkibimizda iqtidorli yoshlar ko‘p. Mavsum davomida ularda imkoniyat bo‘ladi.
Temirov ushbu yil jamoamiz safida o‘ynamaydi. U boshqa klub tarkibida bo‘ladi. Unga omad tilayman. Safimizda mahoratli futbolchilar etarli. Ba’zida o‘yinchining ketishiga ruxsat berish va faoliyatida yangi yo‘l boshlashiga yordam berish lozim.
Penaltini kim tepadi? Bu ertagacha sir bo‘lib qolsin. Balki Sardor amalga oshirar... Har bir jamoada qaysidir o‘yin uchun 13-14 nafar futbolchi tayyor bo‘ladi. Biz bu o‘yinga hozirlik jarayonida bir necha variantni sinab ko‘rdik. Ertaga ertalab tarkibni aniqlab olamiz.
Sharkich hujumchi ortida harakat qila oladimi? Buni hatto ayolim ham bilmaydi.
Har qanday murabbiyning o‘z o‘yin uslubi bor. Men ham uslubimni jamoaga singdirishga harakat qilyapman. Avvalgi va hozirgi davrni taqqosolab bo‘lmaydi. Klubdagi holatlar turlicha bo‘ladi. Men oldimga faqat birinchi bo‘lish maqsadini qo‘yaman.
Maydonni chimi yaxshi holatda ekan. Bu O‘zbekistonda men ko‘rgan birinsi stadion. Umid qilamanki, ertangi o‘yinda ishchilar yanada yaxshiroq holatga keltirib qo‘yishadi.
Fikrlar