"Paxtakor" nimaning evaziga "Nasaf"ni mag‘lubiyatga uchratdi? - Toshkentliklar murabbiyidan javob

  • 27 fevral, 2022, 18:53
  • Bekzod Isayev
  • 2
CHERY AUTO

"Paxtakor" - "Nasaf" o‘rtasidagi Superkubok bahsidan (1:0) so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida toshkentliklar ustozi Slavche Voyneski ishtirok etdi.

Tecno

- Futbolchilarimni tabriklayman. Ular maydonda borlarini berishdi, imkon boricha yaxshi o‘ynashga intilishdi. Yaxshi shakllangan jamoaga qarshi o‘ynadik. Birinchi bo‘limda ba’zi xatolar yuzaga keldi, to‘p uzatishlarda kamchiliklar kuzatildi. Tanaffusda buni tuzatish ustida gaplashdik. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yinni nazorat qildik. Ustunligimiz foyda berdi. Superkubok bizga qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi. Mavsum yakunida ham sovrinlarni qo‘lga kiritgan holda uchrashishni istayman.

Suyunovning eski jarohati bezovta qildi. To‘liqroq ma’lumotni keyinroq bilib olamiz.

photo_2022-02-26_18-46-24

Barcha futbolchida imkoniyat bo‘ladi. Qanday o‘ynashimiz turli holatlarga bog‘liq. Aldamchi to‘qqizlik yoki boshqa vazifalar yuklangan holda futbolchilarni maydonga tushirishim mumkin. Ular turli holatlarga tayyor turishi kerak.

Hujumkor futbol o‘ynaymiz. Lekin bu degani to‘pni oldindagi o‘yinchiga tepish degani emas. To‘pni nazorat qilish, himoyalanish, zarur paytda o‘zgarishlar qilish ham buning jihatlari. Biz hujumkor futbol namoyish etishga urinamiz, - dedi Slavche Voyneski.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Аббосхон Ахмедов
27/02/2022 21:05
Мен насафга мухлислик килиб келганман факкат Навбахор билан уйнасагина Навбахорга мухлислик киламан. Насаф яхши зор каманда хали хаммаси олдинда. Пахтакорга омад клуб бокти. Балки Тренернинг кулидур уйини уз кулига олиб хужумчизиги яхши ишлади. 4 турни жуда кизикиб кутябмиз дахшат уйин курамиз ошанда.
. мансур
27/02/2022 20:30
Ғалабага энг катта ҳиссани Аъзамов қўшди, у ўйнаганида ютқазиб қўйишимиз ҳеч гап эмасди, Сайфиев ва Қувватовдан ҳам ҳар галгидек ажойиб "қовун" бўлди, хайриятки ўзлари тузатишди ҳатосини, мана шулар кетса Пахтакор анча сифатли жамоага айланади