"Paxtakor" safida kim nechanchi marta chempion bo‘ldi?

  • 29 oktabr, 2021, 16:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" futbolchilari faoliyatlari davomida bir necha marta mamlakat chempionatida zafar quchishgan. Masalan, Egor Krimets va Vladimir Kozak joriy mavsumni ham qo‘shib hisoblaganda 6-marta chempion bo‘ldi.

Bu borada keyingi o‘rinda borayotgan Anzur Ismoilov "Paxtakor"dan tashqari Toshkentning qolgan ikki jamoasi - "Bunyodkor" va "Lokomotiv" tarkibida ham O‘zbekiston chempioniiga aylangan.

Sardor Sobirxo‘jaev va Dragan Cheran "sherlar" safida uchinchi, umuman to‘rtinchi bor chempion bo‘lishdi. Cheranda Makedoniya chempionligi ham mavjud. Aksariyat futbolchilar "Paxtakor" safida uchinchi chempionlikni nishonlashdi.

14_2

6 - Egor Krimets, Vladimir Kozak

5 - Anzur Ismoilov

4 - Sardor Sobirxo‘jaev, Dragan Cheran

3 - Sanjar Quvvatov, Eldor Suyunov, Sherzod A’zamov, Hojiakbar Alijonov, Farruh Sayfiev, Dostonbek Hamdamov, Odil Hamrobekov

2 - Diyor Xolmatov, Abror Ismoilov, Hojimat Erkinov, Humoyunmirzo Iminov

1 - Aziz Turg‘unboev, Marlen Chobanov, Sharof Muhiddinov, Sherzod Temirov, Abbos Fayzullaev, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Shahzod Azmiddinov, Boyan Matich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!