"Paxtakor" Serbiya klubini mag‘lub etdi

"Paxtakor"ning Turkiyadagi birinchi yig‘ini Serbiya yuqori ligasi ishtirokchisi "Mladost"ga qarshi o‘yin bilan yakunlandi.

Mazkur bahsdan avval bir necha futbolchi yoshlar terma jamoasi yig‘ini uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Serbiya klubi bilan bellashuvda tashabbus "sherlar" tarafida bo‘ldi. 85-daqiqada Fayzullaev "Paxtakor"ni oldinga olib chiqdi. Ushbu gol "Paxtakor"ga yig‘indagi uchinchi nazorat uchrashuvida g‘alaba keltirdi.

Turkiyadagi ikkinchi yig‘in 31 yanvar kuni boshlanib, 14 fevral kuni yakunlanadi.

"PAXTAKOR" - "MLADOST GAT" (Serbiya) - 1:0
Gol: Fayzullaev, 85.
"Paxtakor": Quvvatov (Suyunov, 46), Todorov, Tursunov (Abdmumajidov, 46), Azmiddinov (Hamraliev, 46), Sayfiev (Poyonov, 46), Hamrobekov (O‘rinboev, 46), Sobirxo‘jaev (Xolmatov, 46), Fayzullaev, Turg‘unboev (O‘ktamov, 46), Cheran (Banashak, 46), Xoldorxonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!