
"Paxtakor" "Surxon" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi (foto)
Toshkentning "Paxtakor" klubi yarim himoyachi Abror Ismoilovni o‘z safiga qo‘shib olganligini e’lon qildi. Faoliyatini avvalgi birinchi ligada boshlagan futbolchi keyinchalik "Neftchi" va "Surxon" klublari safida o‘ynadi.
Iqtidorli yarim himoyachi yaxshi o‘yinlari bilan olimpiya terma jamoasi tarkibidan o‘rin oldi. Ismoilov "sherlar" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. U erkin agent sifatida "Paxtakor"ga ko‘chib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, chempionat doirasida Ismoilov 60 uchrashuvda maydonga tushib, bir gol urishga erishgan.
BIZNING MA’LUMOT
Abror ISMOILOV
Tug‘ilgan sanasi: 08.01.1998
Ampluasi: yarim himoyachi
O‘ynagan jamoalari: “Yozyovon Lochinlari”, “Neftchi”, "Surxon".
Fikrlar