"Paxtakor" Tursunov bilan shartnomani uzaytirdi
Doston Tursunov "Paxtakor" bilan shartnomasini uzaytirdi. 27 yoshli himoyachi hamda klub o‘rtasidagi kelishuv uzaytirildi.
Yozda jamoa tarkibiga kelib qo‘shilgan Tursunov ikkinchi davrada 7 o‘yinda maydonga tushdi va o‘z faoliyatida birinchi bor klub safida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Doston hamkorlikni davom ettirish haqida "sherlar" taklifiga rozi bo‘ldi. Milliy terma jamoamizning yana bir a’zosi kelasi yilda ham "Paxtakor" uchun to‘p tepadi.
Manba: "Paxtakor" PFK matbuot xizmati.



Fikrlar