
"Paxtakor" va "Nasaf" qarama-qarshiliklarida kim ko‘p gol urgan?
Xabaringiz bor, Superliganing 7-turida "Paxtakor" Qarshida "Nasaf" mehmoni bo‘ladi. Mazkur qarama-qarshiliklarda ikki futbolchi 6 tadan to‘p muallifiga aylangan.
O‘zaro o‘yinlar to‘purarlari Igor Sergeev va Dragan Cheran hisoblanadi. Sergeev barcha golini "Paxtakor" uchun urgan bo‘lsa, Cheran har ikki jamoa uchun uchtadan to‘p kiritgan. Anvar Soliev hamda Ismael Gonsalvesh hisobida 5tadan gol mavjud. "Sherlar"dan Aleksandr Geynrix va Server Jeparov 4tadan, Dilmurod Nazarov, Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov, Jamshid Iskanderov hamda "Nasaf"dan Zafar Xolmurodov 3tadan gol muallifiga aylangan.
"Nasaf" bilan o‘yinlar to‘purarlari:
6 - Igor Sergeev, Dragan Cheran
5 - Anvar Soliev, Ismael Gonsalvesh
4 - Aleksandr Geynrix, Server Jeparov
3 - Dilmurod Nazarov, Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov, Jamshid Iskanderov, Zafar Xolmurodov.
Fikrlar