
"Paxtakor" va "So‘g‘diyona" O‘zbekiston kubogida 6 marta to‘qnash kelgan. Natijalar qanday ko‘rinish olgan?
O‘zbekiston kubogini o‘zida saqlab qolish yo‘lida kurashni "Paxtakor" jamoasi "So‘g‘diyona" bilan to‘qnashuvdan boshlaydi.
Jamoalar safida o‘yinni diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradigan futbolchilar yo‘q. Hozirga qadar jamoalar kubok bahslarida 6 bor to‘qnash kelgan. Ularning 4tasida "sherlar" zafar quchgan bo‘lsa, ikki bellashuvda durang natija qayd etilgan. "Paxtakor" raqibga 19 gol urib, o‘z darvozasidan 7 to‘p o‘tkazib yuborgan. "Sherlar" Toshkentda uch g‘alabaga erishgan. Jizzaxliklar darvozasiga 14 gol urib, 4 to‘p qo‘yib yuborgan. Kubokdagi o‘yinlar 1998, 2003 va 2004 yillarda bo‘lib o‘tgan.
Kubokdagi o‘zaro o‘yinlarda Mirjalol Qosimov 3 gol urishga erishgan. "Paxtakor"dan Ja’far Irismetov, Anvar Soliev, Dilmurod Nazarov va raqibdan Qobil Aliqulov ikkitadan gol muallifiga aylangan. 2004 yilgi bahsda ayni paytda jamoada o‘ynayotgan Sadriddin Abdullaev raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
"Paxtakor" va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi nimchorak final o‘yini bugun "Paxtakor" stadionida soat 16:00da boshlanadi.
Fikrlar