"Paxtakor" yana 4 nafar futbolchi bilan yangi shartnoma imzoladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" tarbiyalanuvchilari sanalgan futbolchilar yangi shartnomaga imzo chekishdi.

"Sherlar" tarbiyalanuvchisi sanalgan Ergashboev joriy mavsum asosiy jamoa safida debyutini nishonladi. U 4 o‘yinda maydonga tushib, Chempionlar Ligasida raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Abbos bilan klub o‘rtasidagi kelishuv muddati 2026 yil oxirigacha uzaytirildi.

Behruz Asqarov, Abubakir Ashurov va Kirill Todorov ham 2026 yil so‘ngigacha bo‘lgan kelishuvga imzo chekishdi. Shahriyor Jabborov esa 2025 yil yakunigacha bo‘lgan shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!