"Paxtakor" yubiley golini urdi!
“Paxtakor” O‘zbekiston chempionatida 2000 ta gol kiritgan dastlabki jamoa bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, “sherlar”ning yubiley goliga Aziz Turg‘unboev mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Paxtakor” Superliganing 5-tur qoldirilgan bahsi doirasida safarda “Metallurg” mehmoni bo‘lmoqda va 2:0 hisobida g‘alaba qozonmoqda.

Fikrlar