
"Paxtakor"ga qarshi final oldidan AGMK tarkibida yo‘qotishlar bor
Ertaga Namanganda AGMK - "Paxtakor" o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi final bahsi bo‘lib o‘tadi. Bu ikki jamoa bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov bir nechta futbolchi jarohat olganini aytdi.
Mirjalol Qosimovning bildirishicha, Sanjar Tursunov maydonga tusha olmaydi. Bobur Yo‘ldoshev, Mirjamol Qosimov va Murodjon Toshmatovda kichik jarohat bor. Jarohatlangan bir-ikki futbolchi finalda o‘ynay olmaydi.
AGMK - "Paxtakor" ishtirokidagi O‘zbekiston kubogi finali 15:00da start oladi.
Fikrlar