"Paxtakor"ga qarshi javob bellashuvidan avval "Al-Hilol"ning muhim futbolchisi safdan chiqdi

  • 10 mart, 14:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Elit Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichida "Paxtakor" "Al-Hilol" bilan to‘qnash keldi. Ilk uchrashuvda "sherlar" 1:0 hisobida saudiyaliklarni mag‘lubiyatga uchratgan edi. 
 
Bo‘lajak uchrashuvdan avval "Al-Hilol" hujumchisi Mitrovich javob bellashuvini ham o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida klubning X (tvitter) tarmog‘ida e’lon qilindi. 
 
Ma’lum bo‘lishicha, tibbiy xodimlar Aleksandrni yakshanba kungi mashg‘ulotlardan chetlatishga qaror qilishgan. Serbiyalik forvard charchoq va aritmiya (yurak ritmining buzilishi) his qilgani sababli, kasalxonga etkazilgan. Uning qachon safga qaytishi hali hamon noma’lumligicha qolmoqda. 
 
Eslatib o‘tamiz, Elit OChLning javob bellashuvi 11 martdan 12 martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Image

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!