"Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan "Istiqlol" murabbiyi: Ularga qarshi bahsda natijaga erishish uchun bundan foydalanamiz

  • 26 sentabr, 2020, 20:46
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yana bir necha soatdan so‘ng, Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Istiqlol" uchrashuvi start oladi. Bellashuvdan avval, eronliklar ustozi Majid Motlaq o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar berdi.

- Bizni "Paxtakor" qarshi muhim o‘yin kutmoqda. Har uch kunda o‘yin o‘tkazish qiyin. Lekin biz raqibga qaraganda ko‘proq dam oldik.

Bugun yangi bosqich boshlanadi va u boshqacha bo‘lishi darkor. Bir nechta jarohatlangan futbolchilarimiz. Biz o‘yinchilarni ruhiy va jismoniy taraflama tayyorlashimiz kerak. "Paxtakor"ning o‘yinlarini tahlil qildik va ularga qarshi bahsda natijaga erishish uchun bundan foydalanamiz, - dedi Majid Motlaq.

O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:45da boshlanadi.

"Paxtakor"ning "Istiqlol"ga qarshi o‘yinlarida qanday natijalar kuzatilgan? Eron klubi safida 2 nafar legioner mavjud

Ei1jVkyXcAAasoJ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!