"Paxtakor"ning 2, "Bunyodkor"ning 3 futbolchisi "Lokomotiv"ga o‘tmoqda

  • 10 yanvar, 2021, 14:07
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Lokomotiv" klubi shifokori Abror Pirriev telegramdagi sahifasida "temiryo‘lchilar" safiga qaysi klublardan futbolchilar kelayotganini ma’lum qildi.

Tecno

- Yig‘inni ham boshlay, deb turibmiz. Yangi bosh murabbiy ham etib keldi. Endi tibbiy ko‘rik (so‘ngra tabiiy ko‘rik).

Qay futbolchining qaysi jamoa bilan shartnoma tuzganini bilmadimu, o‘tgan mavsum "Paxtakor" tarkibida bo‘lgan ikki va "Bunyodkor"da faoliyat yuritgan uch to‘ptepar biz bilan mavsum oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tishga hozirlangani bor gap.

Qay jamoa tomon yo‘l olishmasin, barcha futbolchilar unumli yig‘in o‘tab, sog‘-salomat chempionat boshlanishiga etib olishlariga tilakdoshman. Barchamizga omad!, - deya yozib qoldirdi Abror Pirriev. Ammo klub vakili aynan qaysi futbolchilar ekanini ochiqlamagan.

Bir necha kun avval, "Paxtakor" Javohir Sidiqov va Sadriddin Abullaevning shartnomasi yakuniga etgani sababli, jamoani tark etganini ma’lum qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!