
"Paxtakor"ning mag‘lubiyati sabab Eron OFKning klublar reytingida O‘zbekistondan o‘tib ketdi
"Paxtakor" Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turida "Sepaxon"ga imkoniyatni boy berdi (1:2).
Ushbu mag‘lubiyat OFKning klublar reytingiga ta’sir qildi. Bu haqda Alisher Nikimbaev telegramdagi sahifasida ma’lumot berdi.
- “Paxtakor”ning “Sepaxon”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Eron OFKning klublar reytingida O‘zbekistondan o‘tib ketdi.
Ayni damda Eron 2019, 2021 va 2022/23 yilgi mavsumlar uchun jami 33,225 ochkoga ega. O‘zbekiston esa 32 280.
"S" guruhidagi "Fulad" hozirda peshqadamlik qilmoqda va "Al-Garafa"ni mag‘lub etdi. Bu esa Eronga yana 3 ochko berishadi. Shunday qilib, oradagi farq kattalashishi mumkin. O‘zbekistonning barcha umidi “So‘g‘diyona”ning OFK kubogidagi o‘yinlariga bog‘liq bo‘lib qoladi, - dedi Alisher Nikimbaev.
Fikrlar