"Paxtakor"ning nazorat o‘yinida yirik hisob qayd etildi

  • 30.01.2022 14:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" bugun navbatdagi nazorat bahsida maydonga tushdi. "Sherlar"ga bu safar "Do‘stlik" raqiblik qildi. Bellashuv Qibraydagi stadionda o‘tkazildi.

O‘yinda poytaxtliklar 6:0 hisobida zafar quchishdi. Gollar Ergashboev dubl, Aliboev, Mirahmadov, Xoldorxonov va Turg‘unboev tomonidan kiritildi.  

"Paxtakor" - "Do‘stlik" 6:0

Gollar: Ergashboev 5, 22, Aliboev 31, Mirahmadov 60-pen, Xoldorxonov 71, Turg‘unboev 89.

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" 26 yanvar kuni "Chngier" bilan kuch sinashgandi va o‘shanda poytaxtliklar 2:0 hisobida zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!