"Paxtakor"ning o‘yinida hech vaqoni ko‘rmadim". "Paxtakor"ning sobiq murabbiyi "Sherlar" nimaning evaziga yutqazgani va Shatskix haqida gapirdi

  • 3 sentabr, 2022, 00:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 10
  • Futbol
CHERY AUTO

Kutilganidek, “Navbahor” – “Paxtakor” o‘rtasidagi o‘yin o‘ta qiziqarli va voqealarga boy bo‘ldi. 6 kun ilgari ikkala jamoa Namanganda chempionat bahsida kuch sinashishgan va unda 1:1 hisobi qayd etilib, kuchlar teng kelgandi. Bu safargisida esa durang bo‘lishi mumkin emasdi. Chunki O‘zbekiston Kubogi chorak finalida kimdir yutishga majbur edi va bu yakunda “Navbahor” bo‘lib chiqdi.

Tecno

Jamshid Iskanderovning ikki marta penaltidan kiritgan goli tufayli “Navbahor” nihoyat uzoq yillik tanaffusdan so‘ng yarim finalga chiqdi. Doimgidek, bu bellashuv yana qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lyapti. Aslida shunday bo‘lmasa ham bo‘lmaydi. Chunki o‘yin shiddati, undagi qaynoq harorat boshqalardan ajralib turardi.

“Paxtakor”ning sobiq murabbiyi Jasur Abduraimov ham bugungi “Paxtakor”ni diqqat bilan kuzatmoqda. Namangandagi o‘yin yakunlagach, ushbu mutaxassisning fikrlari bilan qiziqdik.

- "Navbahor" - "Paxtakor" o‘yini borasida fikringizni bilmoqchimiz...

- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. O‘ylaymanki, Shatskix boshqaruvidagi “Paxtakor” taktik tomonlama yutqazdi, ayniqsa, ikkinchi bo‘limda. Maksim sxemani almashtirdi, 3 ta markaziy himoyachi bilan o‘ynayapti. Mening fikrimcha, futbolchilar hali bu narsaga tayyor emas. Aslida 4 ta himoyachi bilan o‘ynash yaxshi sistema edi. “Paxtakor” ilgari shu sxemada yaxshi o‘ynardi va chempion bo‘lardi. “Navbahor” ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Ular raqib darvozasi tomon aniq o‘ynadilar. Hamma narsa faqat oldinga qaratilgan. Shuning uchun “Navbahor”da vaziyatlar ko‘proq bo‘ldi. Mezbonlar tartibli harakat qildi. Yana qaytaraman: “Paxtakor” taktik tomonlama yutqazdi.

navbaxor paxtakor4_1

- “Navbahor” anchadan beri yarim finalga chiqmagandi, bu safar uddaladi. Sizningcha, klub Kubokni yutish uchun asosiy da’vogarmi?

- Bu o‘yindan keyin albatta asosiy da’vogar - “Navbahor”. O‘ylashimcha, namanganliklar Kubokni yutadi. “Paxtakor”ga qarshi ikkinchi taymda zo‘r o‘ynadi.

- Bundan oldin ikkala jamoa 28 avgust kuni chempionatda to‘qnash kelishgandi va unda 1:1 hisobi qayd etilgan. O‘sha uchrashuv bilan Kubokdagi o‘yin o‘rtasida qanchalik farqni ko‘rdingiz?

- 28 avgust kuni 1:1 hisobidagi o‘yin teng bo‘lgandi. Tartib-intizom, taktika, barcha jabhada yaxshi harakat qilishgan. Shuning uchun 1:1 o‘yinga mos tushgan.

navbaxor paxtakor1

- Shuningdek, chempionatda ham “Navbahor” 1-o‘rinda ketyapti. Bu erda ham peshqadamlikni o‘zida saqlab qolishiga ishonasizmi yoki...

- Chempionlik imkoniyati 50x50. Bundan keyin qanday o‘ynaydi? Oldinda hali o‘yinlar bor. Keyingi uchrashuvlarda kim qanday ko‘rsatadi, o‘zini?! Murabbiylarning taktik uslublari ham muhim rol o‘ynaydi. Chempionlik imkoniyati “Navbahor”dan tashqari “So‘g‘diyona”, “Paxtakor” va “Nasaf” klublarida bor. Hozirdan chempionlik haqida gapirish qiyin masala. Kimnidir bir kalla oldinda deb aytib bo‘lmaydi. 4 ta jamoa jiddiy kurashyapti. Har o‘yinda omad ham kerak. Qani, ko‘ramiz.

- Maksim Shatskix kelganidan keyin “Paxtakor”da qanaqa o‘zgarishlarni ko‘ryapsiz?

- Hali hech nimani tushunmadim. 2 yil avval “Paxtakor” kuchliroq edi. O‘yinida taktika, hujumkor o‘yin va o‘ziga xos sxema shakllangandi. Hozir esa...Bilmadim, balki Shatskixga vaqt ham kerakdir. Lekin uning jamoasi qanday va nima o‘ynayotganiga tushunmadim. Boya aytganimdek, “Navbahor”ga qarshi uchta markaziy himoyachi bilan harakat qildi. “Paxtakor”ning o‘yinida hech nima ko‘rmadim. Bu albatta mening shaxsiy fikrim.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Muhiddin
03/09/2022 10:24
Тўғри гапирибди. Макс ва унинг шогиртлари фақат судя билан тортишишни қойиллатябди. Тортишиш устида кўпроқ ишлаяб ўйинга вақт қолмаябди шекилли
ВаЖно Не
03/09/2022 09:33
GAP YOQ JUDA TUG'RI FIKR BILDIRIBDI. BUNI FUTBOL NI TUSHUNGAN MUXLISLARAM BILIB TURIBDI PAXTAKOR KECHA XECH NARSA QILOLMAGANINI.
Абдурахман Абдувалиев
04/09/2022 15:06
Халиям Пахтакорни мақтаб химоя қилаверинглар, хамма кўрдику Пахтакорни кучи етмаганини, голгача ўйнади тўғри, лекин голдан кейин Тамоман Пахтакор сочилиб кетди, хакамлар билан тортишиб хакамга босим қилишни уддалаяпти тўғри, Черанни майдонга нимага тушганини фақат Щацких билади. Ўзини ким деб ўйлайди қария, яхши Азим кимлигини тушунтириб қўйди, иши фақат хакамга йиғлаш экан. Бу ўйини билан совринли ўринларга хам киролмайди
Шухрат Хусаинов
04/09/2022 12:41
Абдураимов хам наманганлик шекилли
Шухрат Хусаинов
03/09/2022 12:55
Судья 50 метр оркада Эди кандай кура колди пенальтини козел.
Жабборов Ахмаджон
03/09/2022 11:26
Yashavor jasur bor ekanu tug‘ri gapiradig‘an mutahasis
Akram Haedarov
03/09/2022 11:05
Jaa yomon o'ynamadi kecha pahta lekin bubjasur deganlari o'zi bir tahta

&
Muhiddin
03/09/2022 10:32
Sportuz ходимлари сизлар тобора хурмат қозониб келаётган сайтсизлар. Телеграм каналларинга ким қарайди қаёғдаги 91 та обуначиси бор НЕЙТИРАЛ деган канални мақоласини жойлабсизлар. Шундай катта сайтга кенг қамровли каналлардан олинглар масалан Навбахорни ўзини 18 -20 та каналлари бор хар бирида 15 минг 20 минг кузатувчиси бор шу каналлардан хам хабар жойлангларчи. Бундай майда чуйдага аралаши кўнгилдан колманглар
Шухрат Хусаинов
03/09/2022 10:24
Судьялар Уша пидрлар булса "К"ларчемпион хаам булади.
&
FANAT M-YU
03/09/2022 07:35
Biz esa allaqachon sening qilgan ishlaringga tushunmay hali ham hayron bo‘lib yuribmiz