
“Paxtakor”ning penaltisi: Simulyatsiyami yoki haqiqat? (Video)
Oliy Liga 27-turida “Paxtakor” jamoasi Jizzaxda “So‘g‘diyona” mehmoni bo‘ldi va 1:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yindagi yagona golga 61-daqiqada Igor Sergeev mualliflik qildi. Hujumchi 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib, “Paxtakor”ning yana bir g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Biroq o‘yinni boshqargan Temur To‘xtasinov tomonidan belgilangan penalti ko‘pchilikni hayratga soldi va 11 metrlik jarima zarbasining belgilanishi o‘ta shubhani tuyuldi.
Mazkur vaziyat aks etgan videoni quyida tomosha qilib, bo‘lib o‘tgan holatga o‘zingiz baho berishingiz mumkin.
Fikrlar