
Pedri va yana o‘sha Dembele "Real" bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi kutilyapti
"Barselona"ning ikki futbolchisi Pedri va Usmon Dembele navbatdagi "el-klasiko"ni ham o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Bu haqda Ispaniyaning ko‘plab nashrlari xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Pedrining jarohati kutilganidan jiddiy bo‘lib chiqqan. U kamida 2 hafta maydonga tusha olmasligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" "Real" bilan Ispaniya kubogi doirasida 5 aprel sanasida kurash olib boradi. Chempionat doirasidagi so‘nggi bahsda kataloniyaliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Fikrlar