Pedro nimadan xursand?

Angliya premer-ligasi etakchisi - "Chnlsi" sharafini himoya qilayotgan ispaniyalik hujumchi Pedro o‘z mamlakati terma jamoasidan chaqiruv olganidan xursandligini bildirdi.

 

- Men terma jamoaga qaytganimdan mamnunman, - dedi Pedro. - Ispaniyada zo‘r futbolchilar ko‘p. Ular orasidan meni tanlashganidan baxtiyorman. Del Boske bilan hech qachon muammo bo‘lmagan. Endi o‘zimni ko‘rsatishim kerak.

Ispaniya terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionatining saralash uchrashuvini 24 mart kuni Isroil terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!