
Perotti so‘nggi 15 yilda "Roma" tarkibida EChLda gol urgan birinchi argentinalik bo‘ldi
Rimning “Roma” klubi yarim himoyachisi Diego Perotti kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turida bo‘lib o‘tgan “Chelsi”ga (3:0) qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Gracenote Live nashrining ma’lum qilishicha 29 yoshli futbolchi so‘nggi 15 yilda “Roma” tarkibida EChLda gol kiritgan ilk argentinalik bo‘ldi.
Eslatib o‘tish lozimki, “bo‘rilar” tarkibida so‘nggi bor 2002 yil argentinalik forvard Gabriel Batistuta Chempionlar ligasida gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Fikrlar