PFL Jaloliddinovning "Lokomotiv"ga o‘tishidagi "g‘alati" ishlarni payqab qoldi

  • 17.08.2020 10:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

Xabaringiz bor, yosh iste’dodli futbolchi Jasur Jaloliddinov yaqinda "Bunyodkor"dan "Lokomotiv" Moskvaga ko‘chib o‘tdi. Ammo ushbu transfer O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan shubha ostiga olinmoqda.

Tashkilot bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev Jaloliddinovning qanday qilib Moskva klubiga o‘tib qolgani yuzasidan bir qator "qiziqarli" savollarni o‘rtaga tashladi va ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga murojaat qildi.

- O‘zPFL Jasur Jaloliddinov transferi bo‘yicha ish ochishni so‘rab, O‘FAga murojaat qildi. Shubhalantirgan masalalar:

TMSga Jaloliddinov ishi bo‘yicha kelishuv bitimi emas, futbolchi va “Bunyodkor” o‘rtasida shartnomani bekor qilish bo‘yicha bitim joylashtirilgan. Ya’ni, futbolchi bilan shartnoma avval bekor qilinib, u erkin agentga aylantirilgan. Nega?

Jaloliddinov bilan shartnoma bekor qilingan bo‘lsa, bitim birinchi navbatda O‘zPFLga taqdim etilishi kerak bo‘lgan. Ammo O‘zPFL bundan bexabar, “Lokomotiv” esa hujjatni allaqachon qo‘lga kiritgan. Nega?

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jaloliddinov transferi borasida axborot berishni so‘rab, ikki marta “Bunyodkor”ga murojaat qilgan, ammo ish pishmaguniga qadar, “Bunyodkor” javob xatini paysalga solgan. Nega?

Jaloliddinovga Turkiyadan 400 ming evrolik taklif turganda, nega u erkin agentga aylantirilib, keyin “Lokomotiv”ga yo‘naltirilgan?

“Lokomotiv”ning TMS so‘roviga ikki hafta ichida javob qaytarilmasa, FIFA o‘z-o‘zidan futbolchi manfaati uchun qaror chiqarib beradi. Doston Hamdamov ishida ham shunday bo‘lgan. Ko‘rinishidan, ishni ikki hafta cho‘zib turish kimgadir kerak bo‘lgan. Ammo klubda rahbariyat almashishi, katta ehtimol bilan o‘sha rejalarni buzgan.

Bu boradagi savollar o‘rinsiz bo‘lib, balki hammasi reglament asosida amalga oshirilgan, shubhaga o‘rin yo‘qdir... Biroq endi buni isbotlab berish kerak bo‘ladi. TMS so‘roviga javob qaytarish uchun esa O‘FAda 10 kundan ortiq vaqt bor. De fakto Jaloliddinov “Lokomotiv” libosini kiyib ulgurgan bo‘lsa-da, de yure O‘zPFL uchun futbolchi hali-hamon “Bunyodkor” vakili hisoblanadi. Bunda, albatta, futbolchi va klub 2021 yilning apreliga qadar davom etishi kerak bo‘lgan shartnomani bekor qilib ulgurganini ham unutmaslik kerak. Bu birlamchi hujjat hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javlon Abdullaev
17/08/2020 11:30
Poxuymasmi senlarga puldan quruq qoldinglar sikilib ket ufamisan pfamisan xaromilar